Part

Aksiya shartlari


AKSIYANING QISQA SHARTLARI:

“O‘yna. G‘olib bo‘l. Zavq ol” Aksiyasida ishtirok etish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan promo-etiketkali va promo-qopqoqli (sariq rangli), hajmi 0,5 L, 1L va 1,5 L bo‘lgan TM “Pepsi” mahsulotlarini xarid qiling.

1. Qopqoq ostida 8 raqamli kod va futbolchi ismini toping.

2. Kodni SMS* orqali 5700** qisqa raqamiga jo‘nating (yoki kodni www.pepsi.com.uz saytida yoki @pepsiuz_bot Telegram-bot orqali yuboring)

3. Besh nafar TURLI futbolchilardan tashkil topgan jamoa*** yig'ing va quyidagini qo‘lga kiriting:

Har bir tashkil topgan jamoa uchun – Pepsi eksklyuziv stakani.

4. Futbolchilar surati tushirilgan barcha eksklyuziv stakanlar kolleksiyasini to‘plang (5 dona).

Aksiya haqida batafsil ma’lumot +99 (871) 200-07-77 telefon raqami orqali yoki www.pepsi.com.uz saytida.
*SMS uchun to‘lov olinmaydi
**Faqatgina Ucell, Beeline, UMS, Uzmobile abonentlari uchun
***1 jamoa = 5 futbolchi: MESSI, MARCELO, LLOYD, DELE, KROOS
Aksiyada ishtirok etayotgan raqam uchun beshtadan ko‘p bo‘lmagan jamoa to‘plashi mumkin.
Sovg‘alar soni cheklangan!


“O‘yna. G‘olib bo‘l. Zavq ol.” PROMO AKSIYASINING QOIDALARI (keyingi satrlarda “Shartlar”)

1. Umumiy nizom

1.1. Aksiya nomlanishi: “Pepsi – “O‘yna. G‘olib bo‘l. Zavq ol" (keyingi sartlarda – “Aksiya”).

1.2. Aksiya rag‘batlantiruvchi lotereya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan pul to‘lash bilan bog‘liq emas va tavakkalga asoslanmagan.

1.3. Aksiyada ishtirok etish majburiy hisoblanmaydi.

1.4. Aksiya maqsadi: QK MCHJ “International Beverages Tashkent” tomonidan ishlab chiqarilgan va/yoki sotiladigan mahsulotlarga potensial xaridorlarni jalb qilish, xususan, haqiqiy Shartlarning 2-moddasida ifodalangan “Pepsi” savdo belgisi (keyingi satrlarda – “Pepsi” mahsulotlari) ostidagi mahsulotlar savdosini rag‘batlantirish.

1.5. Aksiya o‘tkazilishining umumiy muddati, Aksiya g‘oliblariga sovg‘alarni berish bilan birga: 2018-yilning 20-maydan 2018-yilning 10-avgustgacha.

1.5.1. Kodlarni aktivatsiya qilish muddati: 2018-yilning 20-maydan 2018-yilning 6-iyulgacha (6-iyul ham kiradi) (keyingi satrlarda – “Aksiya o‘tkazish muddati”)

1.5.2. Aksiya o‘tkazilish muddati Aksiya sovg‘alar fondi bilan cheklanadi. Aksiya sovg‘alar fondi tugasa, Aksiya muddatidan avval yakunlanadi.

1.6. Aksiya o‘tkazilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.7. Aksiya tashkilotchisi: Mas’uliyati Cheklangan Jamiyat shaklidagi Qo‘shma Korxona “International Beverages Tashkent” (keyingi satrlarda – “Tashkilotchi”)

Tashkilotchi rekvizitlari:

Pochta manzili: 100160, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, 7 bekr ko‘cha, 3a uy.

Bank rekvizitlari:
h/r: 2021 4000 2049 1658 2001
OPЕRUAKB “ASIAALLIANCEBANK”
MFO: 01095
INN: 301975029
OKED 11070

1.8. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan va uning hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 16 yoshga to‘lgan, mehnatga layoqatli barcha jismoniy shaxslar, ishtirok etishi mumkin.

1.9. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari va vakillari, uning vakili bo‘lgan shaxslar, xodimlar va vakillarning oila a’zolari, shuningdek, Aksiyani tashkil qilish va/yoki o‘tkazishga aloqador boshqa yuridik shaxslarning xodimlari va vakillari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etishi taqiqlanadi.

1.10. Tashkilotchi o‘tkazilayotgan Aksiya haqida quyidagi usullar orqali ma’lumot beradi:

1.10. 1. “Pepsi” mahsulotida reklama-ma’lumot materiallari (etiketkalar)ni joylashtirish yordamida;

1.10. 2. Milliy va hududiy tele- va radiokanallarda reklama-ma’lumot materiallari (video va audio roliklar)ni joylashtirish yordamida;

1.10. 3. “Pepsi” mahsulotlari sotiladigan savdo nuqtalarida reklama-ma’lumot materiallari (reklama plakatlari)ni joylashtirish yordamida;

1.10. 4. www.pepsi.com.uz Internet-saytida reklama-ma’lumot materiallarini joylashtirish yordamida;

1.10. 5. Facebook.com, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda reklama-ma’lumot materiallarini joylashtirish yordamida;

1.10. 6. Tun-kun ishlaydigan Aksiyaning (371) 200-07-77 telefon raqamlari orqali ma’lumot berish yordamida;

1.11. Haqiqiy Shartlarning to‘liq matni www.pepsi.com.uz Internet-saytiga joylashtirilgan.

1.12. TASHKILOTCHI HAQIQIY SHARTLARGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH HUQUQIGA EGA BO‘LIB, O‘SHA O‘ZGARTISHLARNI WWW.PEPSI.COM.UZ INTЕRNЕT-SAYTI ORQALI E’LON QILISHGA MAJBUR.

1.13. Ta’riflar:

·        Promo-mahsulot– haqiqiy Shartlarnig 2.1. moddasida ifodalangan promo-qopqoqli va promo-etiketkali TM “Pepsi” mahsuloti

·        Promo-qopqoq– ustki tomondan “KODI QOPQOQ ICHIDA/KOD POD KRЫSHKOY” yozuvli hamda ichki tomonda Maxsus kod va futbolchi Ismi bo‘lgan sariq rangli qopqoq

·        Promo-Etiketka– futbolchilar surati va Aksiyanin qisqa shartlari ko‘rsatilgan Promo-mahsulotdagi etiketka

·        Maxsus Kod – har bir Promo-mahsulot uchun noyob bo‘lgan sakkiz belgildan iborat bo‘lib, Promo-qopqoqning ichki tomonida joylashgan va haqiqiy Shartlarning 2.4.2. moddasida ko‘rsatilgan usullar bilan Aksiyada ishtirok etish uchun aktivatsiya qilinishi kerak.

·        Aksiya Ishtirokchisi – haqiqiy Shartlarga muvofiq kerakli harakatlarni amalga oshirgan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan va uning hududida yashovchi, mehnatga layoqatli 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs)

·        SMS/SMS – Abonent qurilmasi yordamida qabul qilinadigan va qisqa raqamga yuboriladigan matnli xabar.

·        Abonent/mobil qurilma – mobil (uyali) aloqa tarmog‘iga ulanadigan, matn xabarlarini (SMS) yaratish va jo‘natish imkonini beruvchi foydalanuvchilik qurilmasi (mobil telefon, smartfon, kommunikator, KPK va boshqalar)

·        Raqam/Abonent (mobil) raqami – Haqiqiy Qoidalarning 2.4.2.1. bandida ko‘rsatilgan mobil aloqa Operatorlaridan birining jismoniy shaxs (Aksiya Ishtirokchisi)ga tegishli amal qiluvchi mobil raqami. Aksiya Ishtirokchisining ro‘yxatdan o‘tishi va keyingi harakatlari faqatgina abonent raqami (unda to‘plangan Kodlar aniqlanadi) orqali amalga oshiriladi va Aksiya Ishtirokchisining Sovg‘ani olishdagi yagona aniqlovchi (identifikator) sanaladi.

·        Qisqa raqam – 5700 qisqa raqami bo‘lib, Aksiya Ishtirokchisi Maxsus kodlarni va matnli xabar (SMS) shaklidagi boshqa so‘rovlarni o‘zining Abonent Qurilmasi orqali yuborishi kerak.

·        Aksiya Telegram-Boti – Telegram ilovasidagi dastur bo‘lib, Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish uchun uning yordamida Maxsus kodlarni jo‘natishi, to‘plangan futbolchilar va jamoalar haqida xabar topishi va Aksiya haqidagi boshqa ma’lumotlarni olishi mumkin. Telegram-bot manzili –@pepsiuz_bot.

·        Aksiya Internet-sayti – www.pepsi.com.uzmanzilidagi Internet tarmog‘idagi Web-sahifa. Aksiya sayti Maxsus kodlarni (Ishtirokchini ro‘yxatdan o‘tkazish shakli orqali) jo‘natish shakli va Aksiya haqida ma’lumotga ega. Shuningdek, saytda Aksiyani o‘tkazish Shartlari, sovg‘alarni tarqatish Markazlari manzillari va boshqa ma’lumotlar joylashgan.

·        Futbolchi Ismi – Besh futbolchidan birining matnli ifodasi (Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd) bo‘lib, har bir Promo-qopqoqning ichki tomonida, Maxsus kodning o‘ng tomonida joylashgan.

·        Jamoa/Futbolchilar jamoasi – futbolchilarning 5 ta turli ismlaridan (Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd) iborat kombinatsiya bo‘lib, Aksiya Ishtirokchisi tomonidan ularning Maxsus kodlari shaklida qisqa raqamga jo‘natiladi.

·        Aksiya sovg‘alari – Hajmi 0,5 litrli “AXL” original shaklidagi futbolchilar (Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd) surati aks etgan brendli stakanlar

·        Sovg‘alarni tarqatish markazi –Aksiya Sovg‘alari beriladigan maxsus jihozlangan statsionar nuqta. Har bir shaharda Sovg‘alar tarqatish markazlari joylashuvini www.pepsi.com.uzmanzili orqali “Sovg‘alarni tarqatish markazlari” bo‘limida bilib olish mumkin.

·        Kirish paroli – raqamlar kombinatsiyasi bo‘lib, Ishtirokchining Sovg‘ani olishda huquqlarini tasdiqlovchi Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Sovg‘alarni tarqatish markazida Sovg‘ani olish uchun beriladi.

2. Aksiyada ishtirok etish shartlari. Aksiya g‘oliblari.

2.1. Aksiyada ishtirok etadigan TM “Pepsi” mahsulotlari:

2.1.1. Pepsi alkogolsiz gazli ichimlik, hajmi 0,5L bo‘lgan PET-qadoqda sotiladi;

2.1.2. Pepsi alkogolsiz gazli ichimlik, hajmi 1,0L bo‘lgan PET-qadoqda sotiladi;

2.1.3. Pepsi alkogolsiz gazli ichimlik, hajmi 1,5L bo‘lgan PET-qadoqda sotiladi;

2.2. Aksiyada umumiy miqdorda 55 million dona promo-mahsulot ishtirok etadi.

2.3. Promo-mahsulotlar qopqog‘i ostida futbolchilar ismlari bilan kodlar quyidagicha taqsimlangan:

MESSI - 16,512,000  dona
KROOS - 16,512,000  dona
DELE - 13,760,000  dona
MARCELO - 5,504,000  dona
LLOYD - 2,752,000  dona

2.4. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun, 2018-yilning 20-mayidan 2018-yilning 20-iyuligacha quyidagi amallarni bajarish kerak:

2.4.1. Promo-qopqoqli va promo-etiketkali “Pepsi” promo-mahsulotini xarid qilish;

2.4.2. “Pepsi” Promo-mahsulotining Promo-qopqog‘i ostidan Maxsus kod va Futbolchining ismini topib, Toshkent vaqti bilan 2018-yilning 20-may soat 00:00 dan boshlash 2018-yilning 20-iyul soat 23:59 gacha Kodni quyidagi uslublardan biri yordamida aktivatsiya qilish:

2.4.2.1. Beeline,Ucell, UMS, Uzmobile uyali aloqa operatorlaridan biriga ulangan Abonent qurilmasidan 5700 qisqa raqamiga Maxsus kodni SMS yuborish orqali (SMS uchun to‘lov olinmaydi).

2.4.2.2. Kodni www.pepsi.com.uz Internet-saytida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali. Shaxsiy kabinetga kirish uchun avtorizatsiya olish kerak. Avtorizatsiya olish uchun saytda mobil telefon raqamini +998 (XX) XXX-XX-XX formatda ko‘rsatish orqali shakl to‘ldiriladi.

2.4.2.3. Kodni Aksiyaning Telegram-boti — @pepsiuz_bot yordamida kodni jo‘natish orqali.

2.4.3. Har bir to‘g‘ri aktivatsiya qilingan Promo-kod uchun ishtirokchining shaxsiy hisobiga tegishli futbolchi qo‘shiladi (futbolchining ismi qopqoqning ichki tomonida, kodning o‘ng tomonida ko‘rsatilgan). Aksiya Ishtirokchisi shaxsiy hisobini Aksiyaning qisqa raqamiga “INFO” mantini yuborish orqali tekshirishi mumkin.

2.4.4. Sovg‘ani olish uchun Ishtirokchi o‘z hisobiga TURLI besh futbolchidan iboart jamoa to‘plashi kerak (Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd).

2.2.5.Aksiya o‘tkazilishi davomida Aksiyada ishtirok etayotgan bitta mobil telefon raqamiga 5 (beshta)dan ko‘p bo‘lmagan jamoa tuzish mumkin.

2.2.6. Bitta kodni faqatgina bir marta aktivatsiya qilish mumkin.

2.3. Har bir to‘g‘ri kodni SMS orqali yoki www.pepsi.com.uz Internet-sayti orqali yuborganingizdan so'ng, Ishtirokchining mobil telefon raqamiga avtomatik tarzda SMS-xabar keladi, unda kod aktivatsiya qilingani yoki aktivatsiya qilinmagani haqida ma’lumot keladi, shuningdek, to‘plangan o‘yinchilarning raqamlarini va bunday xabar kelganida futbolchilar va jamoalar haqida ma’lumot beriladi. Telegram-bot orqali kodni yuborgan ishtirokchi Telegram-botning o‘zida javob matnini oladi.

2.4. AKSIYA ISHTROKCHISI 5700 RAQAMIGA SMS YUBORSA, YOKI WWW.PEPSI.COM.UZINTЕRNЕT-SAYTIDA KODNI RO‘YXATDAN O‘TKAZSA, YOKI TЕLЕGRAM-BOT ORQALI KODNI RO‘YXATDAN O‘TKAZSA, ISHTIROKCHI AKSIYANING HAQIQIY SHARTLARI VA ISHTIROKINI TASDIQLAYDI.

2.5. Aksiya g‘oliblari 2018-yilning 20-mayida 2018-yilning 20-iyuliga qadar quyidagi tarzda aniqlanadi:

2.5.1. Shartlarda ifodalangan barcha kerakli harakatlarni amalga oshirgan, Promo-mahsulotning Maxsus kodini aktivatsiya qilgan va Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd futbolchilardan iborat bitta jamoa to‘plagan Aksiyaning har bir ishtirokchisi g‘olib bo‘ladi va Haqiqiy qoidalar 3.1 bandida ifodalangan futbolchi suratiga ega bitta Pepsi eksklyuziv stakanini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

2.5.2. Aksiyada bitta mobil raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan bir ishtirokchi 5 (besh) jamoagacha to‘plashi va 5 (besh) tadan ko‘p bo‘lmagan Pepsi eksklyuziv stakanlarini qo‘lga kiritishi mumkin.

2.6. Aksiya yakunlanganida Aksiya Sovg‘alari qolib ketgan bo‘lsa, Tashkilotchi ushbu Sovg‘alarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tarzda har qanday uslubda tasarruf etadi.

2.7. Har bir Ishtirokchi (yoki uning ishonchli vakili) ro‘yxatdan o‘tgan bitta mobil telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda Aksiyada qatnashishi mumkin. Mobil telefon raqami bilan qaysi shaxs haqida qayd qilinganligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, Tashkilotchi va/yoki Operator ushbu bandga binoan mobil telefon raqamiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi shaxsdan ushbu moddaning mobil telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli.

2.8. www.pepsi.com.uz saytining “Shaxsiy kabinet” bo'limida, shuningdek, Aksiyaning Telegram-botidan foydalanib, aksiya ishtirokchilari to‘plangan ballar soni va Maxsus kodlarni yuborish vaqti to‘g‘risida ma'lumot olishlari mumkin. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar Aksiya davomida har kuni yangilanadi.

2.9. SMS orqali qisqa raqamga yuborilgan, yoki www.pepsi.com.uz veb-sayti orqali yuborilgan xabarlar, shuningdek, Aksiyaning Telegram-boti orqali yuborilgan xabar shaklidagi kod quyidagi holatlarni hisobga olinmaydi va potensial ishtirokchi ishtirokchiga aylanmaydi:

2.9.1. Kod bo‘lmasa;

2.9.2. Bittadan ko‘p kod bo‘lsa;

2.9.3. Boshqa shaxs tomonidan avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kol bo‘lsa;

2.9.4. Tashkilotchi tomonidan original deb tomilmagan kod bo‘lsa (Barcha kodlar ro‘yxati Tashkilotchi bazasida saqlanadi)

2.9.5. Tashkilotchi kodni Aksiya sovg‘a fondi yakunlanganida yoki Aksiya o‘tkazilish muddatidan keyin olsa;

2.9.6. Ishtirokchi boshqa haqiqiy Qoidalarni hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini buzsa.

2.10. Aksiya Ishtirokchisi SMS orqali, www.pepsi.com.uz sayti orqali yoki @pepsiuz_bot Telegram-boti orqali noto‘g‘ri kodni jo‘natsa, unga xato haqida matnli ma’lumot yetib boradi.

2.11. Maxsus kodlarni atayin terish oldini olish maqsadida, SMS yoki Aksiya sayti www.pepsi.com.uzyoki Aksiya Telegram-boti @pepsiuz_bot orqali qatorasiga 10 ta (o‘nta) noto‘g‘ri Kod jo‘natilsa, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyadan chetlatiladi. Aksiya Ishtirokchisi Aksiyaning (371) 200-07-77 telefon raqamiga murojaat qilish orqali yana tiklanishi mumkin. Murojaat Tashkilotchi tomonidan ko‘rib chiqilgach, uch kun mobaynida chetlatilgan Ishtirokchining Aksiyada keyinchalik ishtirok etishi/etmasligi haqida qaror chiqaradi.

2.12. Aksiyada ishtirok etayotgan Operatorlar (Beeline, Ucell, UMS, Uzmobile) abonentlari Kodlarni SMS orqali, Aksiya sayti orqali va Telegram-bot orqali aktivatsiya qilishlari mumkin. Shu o‘rinda, Ishtirokchining Telegram-botda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil raqami SMS orqali yuboriladigan mobil raqami bilan bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda, Kodlarning kiritilishi ikki xil raqamdan amalga oshiriladi. Tashkilotchi sovg‘alarni berishdan voz kechadi va bir nechta uyali telefonlarga bitta shaxsning turli kodlari to‘plangan holatlarda javobgar bo‘lmaydi (2.7 bandga muvofiq), bu raqamlarning bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo'lsa ham.

2.13.PerfectumMobileoperatori abonentlari Kodlarni Aksiya Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish orqaliAksiyada ishtirok etishlari mumkin.

3. Aksiya Sovg‘alar fondi, sovg‘alarning umumiy soni, sovg‘alarni olish joyi va vaqti shartlari.

3.1. Aksiyada umumiy sovg‘alar soni: 300 000 (uch yuz ming)ta “AXL” original shaklidagi hajmi 0,5 litr bo‘lgan futbolchilar (Messi, Kroos, Dele, Marcelo, Lloyd) surati tushirilgan brend stakanlari. Shulardan:

MESSI – 150,000dona
MARCELO – 45,000 dona
KROOS– 45,000dona
DELE – 30,000dona
LLOYD – 30,000 dona

3.2. Aksiya sovg‘alar fondi Aksiya Tashkilotchisi mablag‘idan tashkil qilinadi.

3.3. Aksiya g‘olibiga aylangan Ishtirokchilar (kerakli miqdorda “jamoa” to‘plaganlar) o‘z Sovg‘asini Sovg‘alar Tarqatish Markazidan olish huquqiga ega.

3.4. Sovg‘alarni tarqatish punktlari O‘zbekiston Respublikasi viloyat markazlari va Toshkent shahrida joylashadi. (Diqqat! Futbol o‘yini o‘tkaziladigan kuni stadion hududida sovg‘alar berilgan vaqtda, Sovg‘alar tarqatish punktlari yopiq bo‘ladi).

3.5. Har bir muayyan shaharda Sovg‘alarni tarqatish punktlarining aniq soni va joyi haqida aniq ma'lumot, shuningdek, har bir shaharda Sovg‘a tarqatish nuqtalarining aniq ish vaqti www.pepsi.com.uz saytida “Sovg‘alarni tarqatish markazlar” bo'limida keltirilgan.

3.6. Sovg‘ani Sovg‘a tarqatish punktida olish uchun Ishtirokchi o‘zi bilan Aksiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan faol mobil raqami va mobil qurilmasini olib kelishi lozim. Faol mobil qurilmaning bo‘lishi – Sovg‘ani olishning majburiy shartlaridan biri.

3.7. Sovg‘alarni tarqatish Markazila Abonent qurilmasi telefon raqami taqdim etilganidan keyin, Ishtirokchining Aksiya uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil raqamiga SMS-xabar keladi va unda Mobil qurilma Aksiya Ishtirokchisiga tegishli ekanini tasdiqlovchi maxsus Parol bo‘ladi. Parol olinganidan keyin, Aksiya Ishtirokchisi Sovg‘alar tarqatish Markazi xodimiga uni ko‘rsatadi. Shundan keyin sovg‘a Ishtirokchiga beriladi. Parol har bir so‘rov uchun noyob bo‘ladi. Parolni ko‘rsatish – Sovg‘ani olishda majburiy sanaladi.

3.8. Aksiya Ishtirokchisi Aksiya g‘olibi bo‘lganida, haqiqiy Shartlarning 3.1 bandiga muvofiq Aksiya Sovg‘alari ro‘yxatidan istagan Sovg‘ani olishi munosabati bilan, Sovg‘alar tarqatish Markazida Aksiya Sovg‘asining u yoki bu turi bo‘lmaslik ehtimoli mavjud. U yoki bu Aksiya Sovg‘asi bo‘lmagan taqdirda, Ishtirokchi to‘plangan jamoalar soniga muvofiq mavjud bo‘lgan Sovg‘alarni olishi kerak bo‘ladi.

3.9. Aksiya g‘olibga aylangan Ishtirokchilarga sovg‘alarni berish majburiyatini Tashkilotchilar tomonidan to‘lash majburiyati Aksiya sovrinlarni topshirgan paytdan boshlab sovg‘a ishtirokchisiga (mobil telefon raqami, kirish paroli) identifikatsiyadan keyin va Ishtirokchining shaxsiy imzosini olishda mukofotni topshirish markaziga topshirilgandan boshlab tegishli ravishda amalga oshiriladi.

3.10. Agar Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli Aksiya g‘olibiga aylangan Ishtirokchi sovg‘alar fondi tugaganidan keyin yoki Aksiya tugagunga qadar Sovg‘alar topshirish markaziga kelmagan bo'lmasa, bu holda Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.

3.11. Ishtirokchi haqiqiy Shartlar talablariga va/yoki haqiqiy Shartlarda belgilangan Aksiya qoidalariga rioya qilmasa, Tashkilotchi Aksiya sovg‘asini berishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3.12. Tashkilotchi Sovg‘aga da’vogar Aksiya Ishtirokchisidan saytda ro‘yxatdan o‘tkazilgan SMS-xabar orqali jo‘natilgan Maxsus kod mosligini teshkirish uchun “Pepsi” mahsuloti promo-qopqog‘idagi Maxsus kodni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya Ishtirokchisi SMS, Aksiya sayti yoki Telegram-botda ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir Maxsus kod uchun “Pepsi” mahsulotining promo-qopqog‘ini Tashkilotchi talab qilgan kundan boshlab 15 ish kuni davomida taqdim qilishi shart.

3.13. Agar Aksiya Ishtirokchisi SMS, Aksiya sayti yoki Telegram-boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan sovg‘alar soni miqdorida Tashkilotchi tomonidan “Pepsi” mahsuloti promo-qopqoqlarini taqdim qilish talabini rad etsa, Tashkilotchi Sovg‘alarni taqdim qilmaydi.

3.14. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan SMS, Aksiya sayti yoki Telegram-boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan kodlar “Pepsi” mahsuloti promo-qopqoqlaridani kodlarga mos kelmasa, Tashkilotchi Aksiya Sovg‘alarini taqdim qilmaydi.

3.15. Agar Aksiya Ishtirokchisi tomonidan quyidagi qalloblik qilingani aniqlansa, Tashkilotchi Aksiya Sovg‘alarini taqdim qilmaydi:

3.15.1. “Pepsi” mahsulotining qalbaki promo-qopqoqlari taqdim qilinsa.

3.15.2. Internet-saytda Kodlarni kiritishda qalloblik, xususan: kodni ehtimoliy ravishda termoq, bir shaxsni bir nechta mobil raqamlarga ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa qoida buzarliklar.

Aksiya Sovg‘alarini tarqatishni yakunlash Aksiya o‘tkazilish davrini amalga oshiriladi. Bunday holda Aksiya Ishtirokchisi Aksiya o‘tkazilish davrida aksiyaga kiritilmaydi.

3.16. Aksiya Sovg‘alari sifati bo‘yicha shikoyatlar ushbu sovg‘alar ishlab chiqaruvchisiga qaratiladi. Aksiya Sovg‘asi Aksiya Ishtirokchisi tomonidan olinayotganda uning butunligi va foydalanishga loyiqligi joyida tekshirilishi kerak. Tashkilotchi Aksiya Sovg‘asining Aksiya g‘olibiga berilgandan keiyngi shikastlanishiga javobgarlik bermaydi.

3.17. Aksiya Sovg‘alarining tashqi parametrlari va jismoniy xarakteristikalari Tashkilotchi tomonidan belgilanadi va ishtirokchilar kutayotganidek bo‘lmasligi mumkin. Aksiya Sovg‘alari tashqi tomondan tele-roliklardan, reklama materiallari va Internet-saytidagidan ajralib turishi mumkin.

3.18. Har bir Ishtirokchi Aksiya davrida ro‘yxatdan o‘tgan bitta Aksiya raqami uchun 5 (besh)tadan ko‘p bo‘lmagan futbolchilar jamoasi uchun Aksiya Sovg‘asini olishi mumkin. Agar ishtirokchiga 2 (ikki) yoki ko‘proq telefon raqami ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa va ishtirokchi 6 (olti) va undan ko‘p sovg‘aga da’vogar bo‘lsa, sovg‘alar cheklangani tufayli unga bir martada barcha sovg‘alarni berish rad etilish huquqi mavjud.

4. Aksiya natijalarini e’lon qilish va Aksiya Sovg‘a Fondini ishlatish tartibi

4.1. Aksiya natijalari va Sovg‘alar Fondi ishlatilishi haqida ma’lumotni www.pepsi.com.uz Internet-sayti hamda (371) 200-07-77 telefon raqamlari orqali bilib olish mumkin.

5. Maxsus shartlar.

5.1. Aksiya Sovg‘alari almashtirilmaydi hamda pul shaklida ham berilmaydi.

5.2. Aksiyada ishtirok etish Aksiya Ishtirokichlarining haqiqiy Shartlar bilan tanishgani va roziligini bildiradi.

5.3. Aksiya Ishtirokchisi/g‘olibi Tashkilotchi va/yoki uning vakolatli vakili, reklama maqsadida uning ismi, familiyasi, otasining ismi, ishtirokchi/g‘olibi surati va boshqa materiallar va ma’lumotlaridan reklama maqsadida foydalanish, shuningdek, radio va televideniye uchun intervyu olish, cheklanmagan reklama maqsadida uning suratlaridan foydalanishga rozilik beradi. Reklama tarqatuvchi shaxsning reklamani tugatish haqida talabini shu zahoti bajarishi kerak.

5.4.Tashkilotchi haqiqiy Shartlarda belgilangan holatlar tashqari, Aksiya ishtirokchilari bilan yozishmalarni yoki boshqa aloqalarni kiritmaslikka haqlidir.

5.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokichisi tomonidan kerakli Sovg‘ani olishda taqdim qilingan noto‘g‘ri va bevaqt ma’lumotlar uchun javobgar bo‘lmaydi

5.6. Aksiya Shartlarining Aksiya ishtirokchilari tomonidan Aksiya g‘olibi bo‘lganidan keyin vaqtida o‘qilmagani Tashkilotchi tomonidan haqiqiy Shartlarda belgilangan kerakli ma’lumotlarni vaqtida taqdim qilmaslik uchun sabab bo‘la olmaydi.

5.7. Aksiya sovg‘alarini olgan paytdan boshlab, ularning egalari tasodifiy yo‘qotilishi yoki zararlanishi uchun o‘zlari javobgar.

5.8. Agar Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan, uzrli sabablarga ko‘ra Aksiya Sovg‘alari Aksiya Ishtirokchilari tomonidan talab qilinmagan bo‘lsa, Aksiya Ishtirokchilari 2018 yilning 10 avgustidan keyin Aksiya Sovg‘alarini talab qilish huquqini yo‘qotadi.

5.9. Tashkilotchi haqiqiy Shartlarni buzgan, shuningdek, Aksiya Sovg‘alarini taqdim qilish uchun o‘z vaqtida kerakli ma’lumotlarni taqdim qilmagan Aksiya Ishtirokchilariga Aksiya Sovg‘alarini taqdim qilmaslik huquqini o‘zida saqlaydi.

5.10. Agar talab etilsa, Tashkilotchi davlat organlariga taqdim qilish uchun Aksiya Ishtirokchisidan keraklig ma’lumotlarni so‘rashga haqli.

5.11. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisining telefon aloqasi, operatorlar ishi, Internet tarmog‘i, Internet provayderlar sifati va ularning jihozlari ishlashi, dasturiy ta’minoti hamda Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa negativ natijalarga javobgar hisoblanmaydi.

5.12. Tashkilotchi haqiqiy Shartlarga bog‘liq bo‘lmagan har qanday vaziyatlar uchun javobgar sanalmaydi. Shu jumladan, SMS xabar yuborilmasligi, tarmoqlarda profilaktika ishlari olib borilishi va Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday vaziyatlarga.

5.13. Agar qayndaydir sababga ko‘ra, Aksiya rejalashtirilganidek o‘tkazilmasa, shu jumladan, kompyuterning viruslar bilan zararlanishi, mobil tarmog‘idagi buzilishlar, defektlar, turli aralashuvlar, qalbakilashtirish, texnik muammolar yoki Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan xafsizlik, adolat, butunlik yoki Aksiya o‘tkazilishiga xalal beruvchi boshqa sabablar vujudga kelsa, Tashkilotchi o‘z ko‘rsatmasiga binoan Aksiya o‘tkazilishini to‘xtatishi, muddatini ko‘chirishi yoki vaqtincha tugatishi mumkin.

5.14. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisining har qanday xatosi (boshqalardan tashqari) zararlari uchun javobgar hisobdanmaydi.

5.15. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish shartlarini bajarsa, Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslari Aksiya ishtirokida taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya maqsadlari uchun zarur bo'lgan yo'llar bilan, shu jumladan, sovrinlarni o'zlarining egalariga taqdim etishni tasdiqlash maqsadida taqdim etishlari mumkin. Shuningdek, ushbu Aksiyaning o'tkazilishi bilan bog'liq maqsadlar uchun Ishtirokchilar bilan individual aloqa qilinadi. Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari haqiqiy Aksiya o‘tkazilishi munosabati bilan faqatgina Tashkilotchi tomonidan ishlatiladi va Aksiyaga aloqasi bo‘lmagan uchinchi shaxslarga taqdim qilinmaydi. Ushbu rozilik Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Tashkilotchiga yozma ravishda buyurtma pochtasi orqali jo‘natilgan xat orqali qaytarib olishini mumkin. Aksiya ishtirokchisi tomonidan Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslariga taqdim qilingan ma’lumotlarga nisbatan maxfiylik rejimi saqlanadi va ularning xavfsizligi ta’minlanadi.

5.16. AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI ISHTIROKCHI UNING MA’LUMOTLARI ISHLATILISHI, SMS-XABARLAR OLISHI, TASHKILOTCHI TOMONIDAN AKSIYA MOBAYNIDA VA UNDAN KЕYIN RЕKLAMA VA TASHKILOTCHIDAN XABARLAR OLISHIGA ROZILIGINI BILDIRADI.

5.17. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha barcha xarajatlar uchun mas’ul sanaladi (shu jumladan, cheklovsiz, Internet va mobil aloqa xarajatlari, shuningdek, transport xarajatlari).

5.18. Tashkilotchi mobil operatovlarning aloqasi ishlashi uchun javobgar hisoblanmaydi.

5.19. Aksiya lotereya yoki boshqa tavakkal turdagi o‘yin hisoblaymaydi.

5.20. Tashkilotchi Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

5.21. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni va haqiqiy Shartlarga ko‘ra Maxsus kodlarni yoki Aksiyani qalbakilashtirgan va qalbakilashtirishdan foyda ko‘radigan, Aksiya Shartlariga zid ravishda harakat qiladigan yoki Aksiyaga bog‘liq har qanday shaxsni kamsitish, haqorat qilishga, halovatini yo‘qotishga harakat qilgan har qanday arizani bekor qilishi va Aksiyada ishtirok etishga taqiq qo‘yishi mumkin.

5.22. Tashkilotchi Aksiyada firibgarlikning oldini olishga qo'shimcha texnik cheklovlarni istalgan vaqtda joriy qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar har qanday Ishtirokchi insofsizlik qilishi aniqlansa, uning ballari nolga teng bo‘ladi, Ishtirokchining o‘zi esa Aksiyadan chetlashtirilishi mumkin. Tashkilotchi o‘zidagi bor texnik imkoniyatlardan kelib chiqib va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda Aksiya Ishtirokchisining insofsizligiga baho beradi.

5.23. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya o‘tkazilish muddatini oldinroq yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu haqda tegishli xabar www.pepsi.com.uz Internet-saytida e’lon qilinadi.

5.24. Aksiya o‘tkazilishi davrida Aksiya Ishtirokchilari barcha savollar bilan tun-kun ishlaydigan (371) 200-07-77 telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin. Ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish tegishli hududdagi shaharlararo tarifi bo‘yicha pul yechiladi

5.25. Haqiqiy Qoidalarda ko‘zda tutilmagan hollarda, Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga bo‘ysunishi lozim.